"Manchester Siti" "Real" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
10 mar 2025
Eduardo Kamavinga "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, ingliz klubi "Real" yarim himoyachisini yozgi transferlar ro'yxatiga kiritib qo'ydi va uni faol kuzatmoqda. Xavbek qiziqishlarini himoya qiluvchi agentlik "shaharliklar" bilan yaxshi aloqada, chunki ular yaqindagina Omar Marmushning "Ayntraxt"dan "Siti"ga o'tishiga ko'maklashishdi.

22 yoshli fransiyalikka boshqa klublar ham qiziqmoqda. Ammo Kamavinga kelajagi borasida bir qarorga kelgani yo'q. Uning shartnomasi 2029 yilda yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal