"Manchester Siti" muxlislari chipta siyosatiga qarshi norozilik namoyishi uyushtirmoqchi

Sherzod Nurmatov
31 mar 2025
"Shaharliklar"ning bir guruh muxlislari APL doirasidagi "Manchester Siti" va "Lester" o'rtasidagi o'yinga tashrif buyurganlardan dastlabki to'qqiz daqiqa o'z o'rnidan joy egallamaslikni so'radi.

Bu raqam tarqatish bilan shug'ullanadigan klub tashqi hamkorlari sonini bildiradi.

Muxlislar ushbu platformalarda sotilayotgan chiptalar narxi oshirilganidan norozi bo'lib, chiptalarni bu tarzda qayta sotish klubning haqiqiy muxlislarini o'yinlarga borish imkoniyatidan mahrum qilishini ta'kidladi.

Avvalroq “Manchester Siti” Viagogo chipta agentligi bilan shartnoma imzolagani uchun tanqidlarga uchragan va uy muxlislari noroziliklariga sabab bo'lgandi.

Manbaga ko'ra, klub keyingi mavsum uchun chiptalar narxini e'lon qilishdan avval muxlislar kengashi bilan shoshilinch yig'ilish o'tkazishni rejalashtirgan. Uchrashuv 2 aprel kungi "Lester" bilan o'yinning ertasiga bo'lib o'tadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail