

"Shaharliklar"ning 30 yoshli himoyachisi Angliya Kubogi 5-raundi doirasida "Plimut"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlagan va tanaffusda almashtirilgandi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida Pep Gvardiola himoyachining uzoq muddatga safdan chiqqanini ma'lum qilgandi. Yakunda futbolchi jarrohlik stoliga yotdi.
Gvardiolaning ma'lumotiga ko'ra, Ake 10-11 haftaga safdan chiqqan. Ake ushbu mavsum APLning 10 o'yinida ishtirok etdi va ushbu mavsumda boshqa o'ynamasligi ham mumkin.



