"Manchester Siti" - "Liverpul" va "Roma" - "Barselona" uchrashuvlarini boshqaradigan hakamlar ma'lum

Mirjalol Normatov
8 apr 2018
10 aprel kuni YCHLning 1/4 finali doirasida bo'ladigan "Manchester Siti" - "Liverpul" uchrashuviga hakamlar tayinlandi.

Unga ko'ra, uchrashuvni ispaniyalik Antonio Mateu Laos boshqarib boradi. Unga qanotlarda Roberto del Palomar, Pau Sebrian Devis yordam bersa, darvoza ortida Alexandro Ernandes va Karlos del Serro ishlaydi.

"Roma" - "Barselona" bahsini esa fransiyalik Kleman Tyurpen boshqaradi. Unga Nikolya Dano, Siril Gringor, Nikolya Renviy va Ryuddi Byuke ko'maklashadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com