"Manchester Siti" Keza uchun kurashga qo'shildi

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2021
"Manchester Siti" "Yuventus" yarim himoyachisi Federiko Kezaga qiziqish bildirmoqda. Ma'lum bo'lishicha, futbolchini "Chelsi" va "Bavariya" ham sotib olmoqchi.

"Manchester Siti" hujumkor qanotlarni kuchaytirmoqchi va shu sababli klub hozirda "Yuventus" safida ijarada bo'lgan Kezaga e'tibor qaratgan. Oldinroq Turin klubi futbolchi bilan xayrlashish niyatida emasligini va hattoki "Chelsi"ning 100 million evrolik taklifini rad etgani aytilgandi.

Eslatib o'tamiz, Keza "Fiorentina"ga tegishli hisoblanadi. Hozirda futbolchi "Yuventus"da ikki yillik ijara asosida to'p surmoqda. O'tgan mavsumda Federiko barcha turnirlarda 46 uchrashuv o'tkazib, 15 ta gol urgan hamda 11 golga uzatma bergan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calcio Mercato