"Manchester Siti" Keyn uchun "Tottenxem"ga Sterling va Jezusni taklif qilishga tayyor

Alisher
2 iyun 2021
"Manchester Siti" "Tottenxem" forvardi Xarri Keyn bilan yozda shartnoma imzolashga jiddiy tarzda harakat qilmoqda.

"Shaharliklar" "shporlar"ga 27 yoshli forvard uchun o'z hujumchilari Rahim Sterling va Gabriel Jezusni, shuningdek qo'shimcha mablag' taklif qilishga tayyorlar.

Bitimga Sterlingning "Man Siti"dagi yuqori maoshi halal berishi mumkin. Jezus haftasiga 90 ming funt, Sterling esa 300 ming funt maosh oladi, bu esa London klubiga to'g'ri kelmaydi.


AlisherMuallif
Manba: The Sun