

Hozirda klub so'nggi o'n yillikda sodir qilgan moliyaviy qoidabuzarliklari bo'yicha tergov ostida. Bu ishga mas'ul bo'lgan yurist "Arsenal" jamoasi muxlisi ekani ma'lum bo'ldi. "Manchester Siti" ishi bo'yicha mustaqil komissiya raisi Myurrey Rozen "to'pchilar" fanati. Albatta, u hech qanday tarafkashlikka yo'l qo'ymaydi. Chunki u tajribali mutaxassis, sohasiga oid professional vazifasidan yaxshi xabardor. Muhimi adolatli natijaga erishishdir.
Klubga qanday jazo belgilanishi hozircha aniq emas, bu biroz vaqt talab qiladi.
"Arsenal"ning ijtimoiy tarmoqlardagi faol tarafdorlari bu xabardan juda mamnun. Ta’sir jihatdan kuchli va obro'li lavozimlarga ushbu klub muxlislarining tayinlanishi jamoa ixlosmandlariga mana shunday vaziyatlarda ustunlik berishi bir qator postlarda takidlanmoqda.



