"Manchester Siti" ingliz klublarining YCHL/CHKdagi 51 yillik rekordini takrorladi

Aziz Tukhtamuradov
29 apr 2021
"Manchester Siti" YCHL doirasida PSJni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Bu Pep Gvardiola shogirdlari uchun YCHLdagi ketma-ket qozonilgan oltinchi g'alaba bo'ldi. 

"Siti" - qitaning eng nufuzli evrokubogida 1969/70 yildan buyon ketma-ket 6 ta o'yinda g'olib bo'lgan birinchi jamoa bo'ldi. Bundan 51 yil oldin "Lids" Chempionlar kubogi musobaqasida ketma-ket 6 ta g'alabaga erishgandi. O'sha mavsumda klub yarim finalda musobaqadagi ishtirokini yakunlagan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta