"Manchester Siti" hujumchisi faoliyatini APLning boshqa klubida davom ettirishi mumkin

Administrator
20 yanv 2026
"Fulxem" "Man Siti" futbolchisiga qiziqib qolgan.

"Fulxem" "Manchester Siti" va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Oskar Bobbni sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

Manbalarga ko'ra, klublar futbolchining transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda, biroq londonliklar hali rasmiy taklif yo'llamagan. Futbolchiga Dortmundning "Borussiya" jamoasi ham qiziqish bildirgan. Bobbning yaqin kelajakda "shaharliklar"ni tark etishiga Antuan Semenyu va Savio kabi o'z poziciyasidagi raqobatchilarning mavjudligi ham sabab bo'lishi mumkin.

Klubning joriy mavsumidagi 15 ta o'yinida Oskar Bobb bitta gol uzatmasini amalga oshirgan. Transfermarkt saytining ma'lumotlariga ko'ra, hujumchining hozirgi bozor narxi 25 million evroni tashkil etmoqda.


AdministratorMuallif
Manba: BBC