"Manchester Siti" himoyachisini Chempionship vakili ijaraga oladi

"Shaxarliklar" himoyachisi sanalgan Tosin Adarabioyo faoliyatini yana bir mavsum Chempionshshipda o'tkazadiganga o'xshaydi.

Manchester Evening News nashrining xabariga ko'ra, 21 yoshli angliyalik uchun "Blekbern Rovers" taklif bilan chiqqan va bir mavsum ijarada o'ynashi borasida "Siti" rahbariyati bilan kelishib olgan.  

O'tgan mavsum Adarabioyo "Vest Bromvich" safida  30 ta o'yin o'tkazdi va 2 ta golli pas berdi. Shuningdek, Tosin 3 bor hakam toionidan ogohlantirilgan.


Manba: goal.com