

Manbaga ko'ra, gap qattiq lat eyish haqida ketmoqda. Angliya terma jamoasi futbolchisining tiklanish vaqti noma'lum.

Avvalroq Stounz Angliya chempionatining 15-turida "Sanderlend"ga qarshi o'yinda (3:0) qatnashgandi. "Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Stounzning aniq tiklanish vaqtini bilmasligini tasdiqladi.
31 yoshli himoyachi ushbu mavsum "shaharliklar" safida 13 o'yinda qatnashdi. Shuningdek, u kuzda Angliyaning JCH-2026 saralash bosqichidagi 3 o'yinida ham maydonga tushgan.



