"Manchester Siti" himoyachisi Kanselu faoliyatini qaysi klubda yakunlashni xohlashini aytdi

Alisher
26 may 2021
"Manchester Siti" himoyachisi Joau Kanselu futbolchilik faoliyatini qaysi klubda yakunlashni rejalashtirayotganini aytdi.

"Faoliyatimni "Benfika"da yakunlamoqchiman. Men ushbu klubda jiddiy darajaga chiqdim, bundan tashqari, men - "burgutlar" muxlisiman. Umid qilamanki, bir kun kelib "Benfika" libosida maydonga chiqaman", - deydi Kanselu.

Kanselu - "Benfika" tarbiyalanuvchisi, u jamoada 2015 yilning iyuliga qadar o'ynagan.

26 yoshli portugaliyalik futbolchi 2019 yilning yozidan beri "Manchester Siti"da o'ynamoqda, u 2020/21 yilgi mavsum "shaharliklar" safida 43ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport