"Manchester Siti" himoyachisi Akanji: "Chempionlik haqida gapirishni xohlamayman"

Sherzod Nurmatov
19 yanv 2025
"Manchester Siti" a'zosi Manuel Akanji jamoasining Angliya Premer-ligasidagi o'rni haqida fikrlarini bildirdi.

Ayni paytda "shaharliklar" APL musobaqa jadvalida peshqadam "Liverpul"dan 15 ochko ortda qolib, 8-o'rinda bormoqda. Amaldagi chempionlar kuchli beshlikka qaytishlari mumkin, ammo buning uchun ular mehmonda "Ipsvich"ni mag'lub etishlari kerak.

"Biz faqat keyingi o'yinlarda g'alaba qozonishga e'tibor qaratishimiz kerak. Hamma narsa bo'lishi mumkin, lekin chempionlik haqida gapirmoqchi emasman, chunki oradagi farq juda katta.

Kelajakda nima bo'lishini bilolmaymiz. Bo'lajak bahs haqida o'ylash, g'alaba qozonishga harakat qilish, yaxshi o'yin ko'rsatish va jarohatlardan qochish kerak. Kuchayishimiz kerak bo'lgan jihatlar bor. Menimcha, biz to'g'ri yo'ldamiz", – dedi Akandi.

Avvalroq "Manchester Siti" Holandning vatandoshiga davogarligi haqida xabar berilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: City Xtra