"Manchester Siti" ham ukrainalik futbolchi uchun kurashga qo'shildi

Omonjon To`xtamirzayev
17 okt 2024
"Manchester Siti" ham e'tiborini "Chelsi", "Arsenal" va "Tottenxem" qiziqayotgan futbolchiga qaratdi.

Inliz grandlari 22 yoshli Georgiy Sudakovni o'z safiga qo'shib olishni niyat qilganlar. Futbolchining transfer bahosi 35 mln evro.

Manbaning xabariga ko'ra, Londonning 3 klubi "Chelsi", "Arsenal" va "Tottenxem" safiga endi "Man Siti" ham qo'shilgan.

"Shaxter" yarim himoyachisi joriy mavsumning 10 o'yinida 7 ta gol urgan va 2 ta golli uzatma etkazib bergan. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: CaughtOffside