"Manchester Siti" futbolchisi "Barselona" bilan shartnoma imzoladi

Alisher
11 may 2021
Ispaniyalik himoyachi Erik Garsiya "Manchester Siti"dan vataniga qaytmoqda.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda. 20 yoshli futbolchi "Barselona" bilan dastlabki mehnat shartnomasini imzoladi. Tomonlar o'rtasidagi bitim 2026 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Erik "ko'k-anorranglilar" safini joriy mavsum so'nggida to'ldiradi. Bitim tez orada e'lon qilinadi.

Garsiya "Barselona"ga ketish xohishini bildirgani uchun "shaharliklar" tarkibida kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. U joriy mavsumda 4ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano