

"The Telegraph" nashrining yozishicha, futbolchilarning ovoz berishi natijasida nemis futbolchisi "shaharliklar"ning yangi sardori etib tayinlandi. Kecha APL 2-turidan o'rin olgan "Bornmut"ga (4:0) qarshi o'yinda Gyundogan sardorlik bog'ichida maydonga tushdi.
Fernandino jamoani tark etgunga qadar Gyundogan "Manchester Siti" vice-sardori edi.
Endilikda yarim himoyachi Kevin de Bryuyne "shaharliklar" vice-sardori bo'ldi. O'tgan mavsum oldidan xuddi shunday ovoz berishda belgiyalik to'rtinchi o'rinni egallagan edi.
"Manchester Siti"ning yangi sardori uchun so'rovnomaga Kayl Uoker, Ruben Diash va Rodri ham kirgan.



