"Manchester Siti" yetakchisi "Real"ga qarshi o'ynamasligi mumkin

Mirjalol Normatov
6 dek 2025
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri YCHL umumiy guruh bosqichi 6-turi doirasidagi "Real"ga qarshi bahsda qatnashmasligi mumkin.

"Sport.es" ma'lumotiga ko'ra, xavbek APLning 14-turi doirasida "Fulxem"ga qarshi bahsni jarohat bilan yakunlagan va shu boisdan 10 dekabr kungi o'yinda qatnashmasligi ham mumkin.

Jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning aytishicha, u 6 dekabrdagi "Sanderlend" bilan o'yinda qatnasha olmaydi.

2024 yilgi "Oltin to'p" sohibi tizzasidan olgan jarohatini uzoq muddat davolaganidan so'ng ushbu mavsumda 8 o'yinda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es