"Manchester Siti" "Elche" yarim himoyachisiga davogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
28 noya 2025
"Manchester Siti" "Elche" yarim himoyachisi Rodrigo Mendosani sotib olmoqchi.

Bu haqda "Daily Mail" xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Siti" 20 yoshli Ispaniya U-21 terma jamoasi futbolchisining o'sishi va faoliyatini kuzatishda davom etmoqda. "Arsenal" va "Real" ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Mendosa U-20 Jahon chempionatida milliy terma jamoaning barcha 5 o'yinida maydonga tushib, 1 ta golli pas uzatdi.

Yarim himoyachi 2025/26 yilgi mavsum "Elche" safida 10 o'yinda 2 ta to'p kiritdi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.

Transfermarkt uning transfer qiymatini 9 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail