"Manchester Siti" egalari yana bir klubni sotib oldi

Mirjalol Normatov
11 may 2020
"City Football Group" xolding kompaniyasi o'z rasmiy saytida Belgiyaning "Lommel" klubi sotib olinganini rasman ma'lum qildi.

So'nggi yillarda Belgiyada futbol surati o'sib borayotgani sababli kompaniya ushbu davlatga ham kirib bordi. Hozircha moliyaviy hisobotlar ma'lum qilinmagan.

"Lommel" SKni namunaviy klub sifatida yaratish uchun yosh futbolchilarga katta e'tibor beriladi.

Qayd etish kerak, "City Football Group" xolding kompaniyasi yana 8 klubning egasi hisoblanadi. Bular: "Manchester Siti" (Angliya), "Jirona" (Ispaniya), "Nyu-York Siti" (AQSH), "Atletiko Torke" (Urugvay), "Melburn Siti" (Avstraliya), "Yokogama Marinos" (Yaponiya), "Sychuan Czyunyu" (Xitoy) va "Mumbay Siti" (Hindiston).


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: cityfootballgroup.com