"Manchester Siti" Edersonga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

Alisher
29 iyul 2021
"Manchetser Siti" darvozaboni Ederson Moraesga yangi shartnoma taklif qiladi.

Braziliyalik futbolchi "shaharliklar" safiga 2017 yilda "Benfika"dan o'tgan edi va hozirgacha jamoaning asosiy posboni bo'lib turibdi.

Uning shartnomasi yana to'rt yilga amal qiladi, ammo "Siti" u bilan 2028 yilgacha shartnoma imzolamoqchi.

Klub Edersondan so'ng Mahrez, Sterling, Stouns, Foden va Diash bilan shartnomani uzaytirmoqchi.


AlisherMuallif
Manba: The Athletic