Manchester Siti De Bryuyne o'rniga asosiy nomzod ma'lum

Khoja
6 apr 2025
Manchester Siti yozda jamoani tark etishini e'lon qilgan sardorining o'rniga o'rinbosar kim bo'lishini aniqlab oldi.

Shaharliklar germaniyalik yarim himoyachi Florian Vircni Angliyaga olib kelishni maqsad qilgan. Vircga Manchester Sitidan tashqari Real ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

21 yoshli futbolchining amaldagi jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt nashri futbolchini 140 million evroga baholamoqda. Florian Virc joriy mavsum 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 15 ta gol va 13 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru