"Manchester Siti" – "Chelsi" o'yini uchun taxminiy tarkiblar. Abduqodir Husanov debyut qiladimi?

Sherzod Nurmatov
24 yanv 2025
"Manchester Siti" ertaga "Etixad" stadionida "Chelsi"ni qabul qiladi.

Angliya Premer-ligasi 23-turidan o'rin olgan bellashuv 22:30 da boshlanadi. 

"The Sporting News" talqinida uchrashuvning ehtimoliy tarkiblari quyidagi ko'rinishda:

"Manchester Siti"ning taxminiy tarkibi (3-2-2-3, o'ngdan chapga): Ederson – Husanov, Akanji, Gvardiol – Lyuis, Gyundogan – De Bryuyne, Grilish – Foden, Holand, Marmush.

Jarohatlanganlar: Bobb (oyog'i singan), Rodri (oldingi xochsimon bog'lamining uzilishi), Doku, Savino, Ake, Diash (so'roq ostida).

"Chelsi"ning taxminiy tarkibi (4-2-3-1, o'ngdan chapga): Sanches – Jeyms, Adarabioyo, Koluill, Kukurelya – Kaysedo, Fernandes – Madueke, Palmer, Sancho – Jekson.

Jarohatlanganlar: Fofana, Badiashile, Kelliman (son mushaklari jarohati), Dyusberi-Xoll (aniq emas), Palmer, Fernandes, Koluill, Lavia (so'roq ostida).

"Har qanday holatda ham Rossiya klubi taklifini rad etardik". Husanovning agenti bilan katta suhbat


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sporting News