"Manchester Siti" bir yildan so'ng Xoland uchun bo'ladigan kurashda yetakchi

Alisher
1 sen 2021
"Borussiya" (Dortmund) hujumchisi Erling Xoland kelasi yozgi transfer oynasida klubdan ketishi mumkin.

Keyingi yildan futbolchining shartnomasida 75 million evrolik tovon puli kuchga kiradi.

Xoland uchun bosh davogar joriy transfer oynasida "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynni xarid qila olmagan "Manchester Siti" hisoblanadi.

O'yinchiga shuningdek "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Real" va PSJ klublari qiziqish bildirmoqda.

Xoland 2020 yilda "Borussiya" o'yinchisiga aylangandi. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 5ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sport Bild