"Manchester Siti" "Atalanta" o'yinchisi bilan shartnoma imzolash uchun Zinchenkoni sotishi mumkin

Alisher
2 mar 2021
"Manchester Siti" "Atalanta" fulbeki Robin Gosensga qiziqmoqda.

"Shaharliklar" 26 yoshli germaniyalik futbolchi borasida yanvarda ma'lumot so'rashgan edi. "Man Siti" ustozi Pep Gvardiola futbolchini yozda o'z jamoasida ko'rmoqchi.

Qayd etish kerakki, Gomesning transferi amalga oshsa, himoyachi Aleksandr Zinchenko klubdan ketishi mumkin. O'yinchi bitimga qo'shilishi yoki 20 mln funt evaziga sotilishi mumkin.

Gosens joriy mavsum A Seriya doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: TMW