

O'tgan yili “Manchester Siti” himoyachi Aleksandr Zinchenko va hujumchi Gabriel Jezusni “Arsenal”ga sotib yuborgandi. Klub tuzilgan bitimlardan mamnun edi, ammo Mikel Arteta shogirdlarining joriy mavsumdagi o'yinlaridan so'ng transfer siyosatini qayta ko'rib chiqmoqchi. Yozgi transfer oynasida “shaharliklar” London klubidan kelgan har qanday taklifni rad etadi.
“Arsenal” APL turnir jadvalida 30-turdan keyin 73 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Manchester Siti” birinchi o'rindan 6 ochkoga ortda qolmoqda va APLda ikkinchi o'rinni egallab turibdi, ammo “shaharlik”lar bitta kam o'yin o'tkazishgan.



