"Manchester Siti" APLning dastlabki uch o'yinining ikkitasida mag'lub bo'ldi

Mirjalol Normatov
31 avg 2025, 20:50
"Manchester Siti" bugun APLning 3-turi doirasida "Brayton" maydonida yutqazdi.

Bu jamoaning ushbu mavsumdagi ikkinchi mag'lubiyati bo'ldi. Bunga qadar Pep Gvardiola shogirdlari APLni "Vulverxempton" maydonida 4:0 hisobidagi g'alaba bilan boshlagan, keyin esa o'z maydonida "Tottenxem"ga mag'lub bo'lgandi. Ayni damda jamoa APL turnir jadvalida 12-o'rinni egallab turibdi.

"Shaharliklar"ning keyingi o'yini 14 sentyabr kuni "Etihad"da "Manchester Yunayted"ga qarshi bo'ladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia