"Manchester Siti" Angliya terma jamoasining 20 yoshli futbolchisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
25 noya 2024
"Manchester Siti" "Kristal Pelas" va Angliya termasi yarim himoyachisi Adam Uortonga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda "The Standart".

Manbaga ko'ra, 20 yoshli futbolchi uzoq muddatli transfer maqsadi sifatida ko'rilmoqda. Uorton, albatta, bu yozda "Siti" loyihasining bir qismi bo'lmaydi, lekin klubning yarim himoyasini qayta tiklashning bir qismi sifatida ehtimoliy xarid sifatida ko'rilmoqda. 

Ma'lum qilinishicha, Oliver Glasner boshchiligidagi muvaffaqiyatli mavsumdan so'ng futbolchi ushbu yozda qo'yib yuborilishi aniq emas.

Avvalroq "Kristal Pelas"ning 4 nafar futbolchisi Angliya terma jamoasining Germaniyada bo'lib o'tadigan Yevropa chempionati uchun yakuniy ro'yxatidan joy olgani ma'lum bo'lgandi. Bunday holat klub tarixida bo'lmagan. Adam Uorton ham faoliyatida ilk bor chaqiruv oldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Standart