

Sky Sports xabariga ko'ra, shaharliklar 29 yoshli yaponni Atletikoga o'tgan Xulian Alvares o'rnini egallashi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatiga kiritgan.Hozircha tomonlar muzokaralarni boshlashmagan.
Furuxasining Seltik bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Futbolchining transferi 20 million evroga baholanmoqda.
Hujumchi o'tgan mavsumda Shotlandiya chempionatida 38 o'yinda 14 gol va 5 assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.




