Manba: Umtiti “Manchester Yunayted”ga o'tishga rozilik berdi

Samyuel Umtiti katta ehtimol bilan APLga ko'chib o'tadi.

MYU qishki transfer vaqtida ham “Barselona” himoyachisi Umtitiga qiziqish bildirgan. Ammo klub uni sotishni xohlamagan. Ammo Diario Gol nashri xabariga ko'ra, fransiyalik himoyachi MYU bilan yozda shartnoma imzolashga rozilik bergan. Umtitining transfer summasi 53 million funt sterlingni tashkil etishi qayd etilgan. Qayd etilishicha, Umtitining MYUga o'tishini shaxsan Joze Mourinyo xohlamoqda.


Manba: Diario Gol