

"O'zbekiston MTJ Jahon chempionatiga may oyi boshidan tayyorgarlikni boshlashi munosabati bilan 2026 yilgi Superliga taqvimini tuzish PFL uchun yaxshigina bosh og'riq bo'lmoqda.
Mendagi ma'lumotlarga ko'ra, Superliga 27 fevral kuni start oladi va 3 dekabr kuni tugaydi.
Pley-off o'yinlarining eng oxirgisi 12 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
Aprel oyi haqiqiy "boksing dey". Klublar bu oyda 6 ta tur o'tkazadi. Jazirama iyulning so'nggi 10 kunligiga ham ikkita tur belgilangan.
Barchasi O'zbekiston MTJning mundialga munosib tayyorgarlik ko'rishi va u yerda yaxshi ishtirok etishi uchun", – deyiladi xabarda.



