Manba: O'tkir Yusupovning jarohati kutilganidan jiddiyroq bo'lib chiqdi

Sherzod Nurmatov
18 sen 2025
"Fulad" darvozabonlar bilan bog'liq muammoga duch kelmoqda.

O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni "Fulad"ning so'nggi kunlardagi mashg'ulotlarida ishtirok etmagan.

Footballi.net xabariga ko'ra, CAFA finalida Eron va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda jarohat olgan O'tkir Yusupovning jarohati kutilganidan jiddiy. U tez orada jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi.

"Fulad" ertaga Eron Pro ligasi 4-turida chempionat peshqadami "Haybar" bilan ro'baro' keladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: footballi.net