

"Bu yil yozda Messi atrofidagi gap-so'zlar paytida "Al Hilol" delegaciyasi shaxsiy samolyotda Parijga yetib keldi. Ular yiliga 1 milliard taklif qilishdi, lekin Messi bu taklifni jiddiy o'ylab ham o'tirmadi", – dedi Balage.
Eslatib o'tamiz, 2023 yilning yozida Lionel Messi erkin agent sifatida PSJni tark etgandi. Argentinalik futbolchi Saudiya Arabistoni ligasini emas, "Inter Mayami"ni tanladi.



