Manba: Mariu Ruy faoliyatini "Al Nassr"da davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
11 iyul 2023
"Napoli" himoyachisi Mario Ruy yozda "Al Nassr"ga o'tishi mumkin, deya xabar berdi jurnalist Alfredo Pedulla.

Manbaga ko'ra, klub transfer kampaniyasini davom ettirmoqda va tez orada 32 yoshli portugaliyalikni sotib olishga harakat qiladi. Bu jamoada portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu ham to'p tepadi.

Futbolchining "Napoli" bilan kelishuvi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Rui o'tgan mavsum A Seriyada 22 ta o'yinda qatnashib, 6 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/alfredopedulla