Manba: Islom To'xtaxo'jaev "Al Garafa" bilan xayrlashdi. Unga "Navbahor"dan jiddiy taklif bor

Sherzod Nurmatov
27 iyun 2023, 17:19
Himoyachi Islom To'xtaxo'jaev rasman Qatarning "Al Garafa" klubini tark etdi.

Ar-Rayyan jamoasi bugun tajribali futbolchi bilan xayrlashdi va keyingi faoliyatiga omad tiladi. 

U 2022 yil 28 iyulda ushbu jamoa safiga borib qo'shilgandi. 



Jurnalist Tolibjon Qosimovning xabar berishicha, Islom To'xtaxo'jaevga "Navbahor" katta maosh vada qilmoqda. 

Avvalroq 33 yoshli futbolchi faoliyatini "Navbahor" yoki "Turon"da davom ettirishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/qosimovt