Manba: Enco Fernandes katta ehtimol bilan "Chelsi"ga o'tmaydi. "Benfika" 120 mln evroni bittada to'lashni talab qildi

Administrator
31 yanv 2023, 20:30
"Chelsi" "Benfika"ning talablarini qondira olmadi.

"Benfika" futbolchisi Enco Fernandes klubda qoladi. RTP nashrining xabar berishicha, "Chelsi" "Benfika" qo'ygan talablarni bajara olmaydi.

Portugal klubi Enconi faqatgina shartnomada ko'rsatilgan 120 mln tovon puli to'liq to'langan holdagina qo'yib yuborishi mumkin. "Chelsi" 120 mln evro to'lashga tayyor, ammo klub bu to'lovni faqatgina bo'lib to'lay oladi. 

Hozirgi vaqtda futbolchining "Chelsi"ga o'tishi juda qiyin masala. 


AdministratorMuallif
Manba: RTP