Manba: "Atalanta" Miranchuk bilan 5 yillik shartnoma tuzadi

"Lokomotiv" yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk "Atalanta"ga o'tish arafasida turibdi.

Jurnalist Nikolo Skira ma'lumotiga ko'ra, transfer qiymati 15 million evroni tashkil qiladi va bergamoliklar rossiyalik futbolchi ilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

Ayni paytda tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga kirgan.

Miranchuk uchun davogarlar qatorida "Milan", "Yuventus" va "Sevilya" singari nomlar ham yangragan edi. 24 yoshli xavbek RPLning yangi mavsumida 5 ta o'yin o'tkazishga ulgurdi (2 gol, 1 assist). 


Manba: news.sportbox