"Man Siti" yarim himoyachisi "Fulxem"ga ko'chib o'tishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
7 yanv 2025
"Manchester Siti"ning hujumkor yarim himoyachisi Jeyms Makati klubni tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, 22 yoshli futbolchi xizmatlariga Londonning "Fulxem" klubi qiziqish bildirmoqda.

Ayni damda poytaxtliklar Makati transferi uchun 48 million evro sarflash qanchalik to'g'ri qaror bo'lishi borasida bosh qotirmoqda. Eslatib o'tamiz, 48 million bu futbolchi shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli hisoblanadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: fichajes.net