Man Siti tarbiyalanuvchisi Manchester Yunaytedga o'tishi mumkin

Khoja
1 mar 2025
Manchester Yunayted yozda Andre Onana bilan xayrlashishga tayyor.

Qizil iblislar niderlandiyalik darvozaboning o'rniga Byornli posboni Jeyms Trafford bilan shartnoma tuzishni maqsad qilgan.

Ma'lumot uchun, Trafford Man Siti tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 22 yoshli futbolchi joriy mavsum Championshipda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib 24 ta uchrashuvda nolga turdi. Futbolchining Byornli bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com