"Man Siti" Sanchoni qaytarib sotib olish huquqidan foydalanmaydi, unga APL klublari raqobatlashmoqda

Alisher
13 fev 2020
"Manchester Siti" Jeydon Sanchoni "Borussiya" (Dortmund)dan qaytarishga qiziqmayapti.

Sancho 2017 yilda Angliyadan Germaniyaga yo'l olgan edi. "Shaharliklar" o'yinchini qaytarib sotib olish huquqiga ega. Bunda dortmundliklarga boshqa klublar ma'lum bir miqdorda pul taklif qilsasa, "Siti" ham o'sha pulni to'lagan holda uni ortga qaytarishi mumkin.

Ammo, Sancho "Siti"ning transfer maqsadi emas, shu sabab "shaharliklar" uni MYU yoki "Chelsi"ga o'tishiga to'sqinlik qilishmaydi.

Xabarlarga ko'ra, "Borussiya" Sancho uchun kamida 100 million funt so'ramoqda.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports