"Man Siti" himoyachisi Erik Garsiya "Barselona"ga o'tishga yaqin

Sherzod Nurmatov
21 sen 2020
"Barselona" o'z tarbiyalanuvchisi uchun "Siti"ga 18 million evro to'laydi.

Klublar 19 yoshli futbolchining transferi bo'yicha o'zaro kelishuvga erishdilar, "Barsa" u uchun "shaharliklar"ga 18 million evro to'laydigan bo'ldi, deb xabar berdi Diario Sport.

Garsiya  Jerar Pike, Kleman Langle va Ronald Arauxo bilan birgalikda Ronald Kuman joriy mavsumda foydalanadigan to'rtta markaziy himoyachidan biriga aylanadi.

"Man Siti" yangi himoyachini xarid qilishga muvaffaq bo'lsa, ushbu kelishuv rasman e'lon qilinadi.

Garsiya – "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi. U 2017 yilda "Siti"ga o'tgan va 2019/20 yilgi mavsumda Premer-ligada debyut qilgan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport