"Man Siti" Gvardiola bilan uzoq yillik shartnoma imzolamoqchi

Administrator
25 may 2024
Pep bu masalada jamoaning asosiy o'yinchilari fikri bilan qiziqdi.

"Manchester Siti" klubi Pep Gvardiolaga uzoq muddatli yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Gvardiolaning amaldagi shartnomasi yakunlanishiga yana bir mavsum qoldi. Daily Mail nashrining yozishicha, klub murabbiyning istalgan qarorini qo'llab-quvvatlaydi, unga bosim o'tkazmaydi.

Ma'lum qilinishicha, Gvardiola jamoaviy kechki ovqat payti "Siti"ning asosiy o'yinchilaridan biri bilan klub bergan yangi shartnoma taklifi bo'yicha maslahatlashgan. Gvardiola o'yinchining fikrini bilishni istagan. 

Ma'lumot uchun, Pep Gvardiola "Manchester Siti"da 2016 yildan beri faoliyat olib boradi. Murabbiy shu yili ketma-ket to'rtinchi marta APL chempionligini qo'lga kiritdi.


AdministratorMuallif
Manba: Daily Mail