

"Manchester Siti" qishki transfer oynasida "Kristal Pelas"ning 25 yoshli markaziy himoyachisi Mark Gexini sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
"Shaharliklar" "Chelsi" bilan o'yinda (1:1) jarohat olgan Yoshko Gvardiol va Ruben Diash bilan bog'liq vaziyat tufayli futbolchiga bo'lgan qiziqishni faollashtirishdi. Shuningdek, tarkibda Jon Stounz ham jarohat sabab safdan chiqqan.
"Manchester Siti" Gexi transferi bo'yicha yakuniy qaror qabul qilishdan oldin Gvardiol va Diashning jarohati borasidagi to'liq ma'lumotni kutadi.
Himoyachining "Pelas" bilan amaldagi shartnomasi shu mavsum oxirida yakuniga etadi. Avvalroq "Bavariya", "Real", "Barselona", "Inter" va "Atletiko" futbolchini erkin agent sifatida qo'lga kiritishga qiziqish bildirgandi.
Gexi joriy mavsum APLda 19 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.



