"Man Siti" Donnarummaga qiziqmoqda. Klub "Galatasaroy" bilan kelishuvi bor Edersonning ketishiga tayyorgarlik ko'rmoqda

Alisher Ostonov
10 avg 2025
"Man Siti" Janluiji Donnarummaga so'rov yubordi.

"Shaharliklar" PSJ bilan ham, darvozabonning vakillari bilan ham ehtimoliy bitim qanchalik amalga oshishi mumkinligini bilmoqchi.

Jurnalist Orasio Akkomandoning ma'lumotiga ko'ra, "Siti" "Galatasaroy" bilan dastlabki kelishuvga ega bo'lgan Edersonning ketishiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Donnarummaning vakillari 13 avgust kuni bo'lib o'tadigan "Tottenxem"ga qarshi Yevropa Superkubogi o'yini arafasida PSJ bilan uchrashuv o'tkazadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/OAccomando91