

Ma'lumotlarga ko'ra, klub rahbari Joan Laporta va agent Jorje Mendesh "Manchester Siti" futbolchisi Bernardu Silva transferi ustida ishlarni boshlab yuborishgan. Biroq tez orada "Barselona"ga yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish taqiqlanishi mumkin.
Xavbekning o'zi ham Kataloniya klubida o'ynamoqchi, "shaharliklar" rahbariyati uni qo'yib yuborishga tayyor.
"Manchester Siti" 28 yoshli portugaliyalikni 65 mln. evroga baholadi. Kataloniya klubida asosiy muammo maosh bo'lishi mumkin. Futbolchi "Siti"da olayotgan "toza" 7 mln. evroni "Barselona"da ham olmoqchi.
Silva joriy mavsum APLning 24ta uchrashuvida 4ta gol urdi va 5ta golli pas berdi.



