"Man Siti" Andre Silvaning agenti bilan muloqot qildi. "Ayntraxt" forvard uchun 40 mln evro xohlamoqda

Alisher
3 iyun 2021
"Ayntraxt" forvardi Andre Silva yozda klubni tark etishi mumkin.

Hujumchini "Manchester Siti" ko'rib chiqmoqda. "Shaharliklar" portugaliyalikning ishlari bilan shug'ullanuvchi agentlikka ham aloqaga chiqishdi.

Qayd etish kerakki, nemis klubi o'tgan mavsumdagi eng yaxshi to'purari uchun 40 mln evro olmoqchi. Shu bilan birga mablag'ning to'rtdan bir qismi Silvaning agentlariga tegadi.

Futbolchi yakunlangan mavsum Germaniya chempionatida 32ta o'yinda maydonga tushib, 28ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Bild