Maludaning o'g'li "Lill" tarkibiga borib qo'shilmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
26 iyun 2023
Fransiya terma jamoasi sobiq a'zosi Floran Maludaning o'g'li Aaron Maluda faoliyatini "Lill"da davom ettirish haqida o'ylamoqda.

Ortda qolgan mavsumni futbolchi "Renn" o'rinbosarlar tarkibida o'tkazdi. Hujumchi o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi va "Renn" unga professional shartnoma taklif qilmoqchi. Biroq Aaronning o'zi "Lill" safiga borib qo'shilish haqida o'ylamoqda. Paulu Fonseka boshqaruvidagi jamoa tarkibini yoshartirish koncepciyasini ishlab chiqqan va Maluda bu vaziyatdan unumli foydalana olishiga ishonadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal