Maludaning murabbiylar shtabidagi faoliyati bir oyga ham yetmadi

“Chelsi” va Fransiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Floran Maluda “Cyurix” klubi murabbiylar shtabidan chetlatildi.

Futbolchi 2019 yilning 1 martidan boshlab ushbu jamoada murabbiylik faoliyatini boshlagandi.

“FK “Cyurix” va Floran maluda o'zaro kelishuvga muvofiq kelishuvni bekor qilishdi”, deb yozmoqda Shveytsariya klubining Tvitterdagi rasmiy sahifasi.

Bu holatga fransiyalik sobiq futbolchining o'zi ham munosabatini bildirib o'tdi. “Yo'g'e? Rostdanmi? Men bu haqda bilmagandim”, deya Tvitterda chop etilgan o'sha postga o'z munosabatini bildirgan Floran.

38 yoshli Maluda o'tgan yili futbolchilik faoliyatini yakunlagandi. Faoliyati davomida u “Lion”, “Chelsi”, “Trabzonspor” singari mashhur klublarda to'p tepgan. Fransiya termasi safida 80 ta uchrashuvda maydonga tushgan. To'rt karra Fransiya chempioni, bir marta APL g'olibligiga erishgan. 2006 yili Fransiya termasi safida JCH kumush medali bilan taqdirlangan.


Manba: championat.com