"Malaga" "Real"ga o'yinni sotganmidi? (video)

Aslanov Jasurbek
24 may 2017
Bir necha kun oldin "Malaga" hamda "Real" o'rtasidagi mavsumning hal qiluvchi uchrashuvida "Qirollik klubi" g'alabaga erishib, LaLiga chempioniga aylandi.

Ushbu uchrashuvdagi bir vaziyat Ispaniyada katta mojarolarga sabab bo'lmoqda.

Bahsning 35-daqiqasida Isko chap qanotda turgan Benzemaga to'pni uzatadi.



Karim esa oldinroqqa yurib, to'pni jarima maydonchasiga tashlaydi. O'sha vaziyatda Mikel Villanueva ortida turgan Ronalduga qarab qo'yadi.


Uzatma amalga oshganidan so'ng, to'p Villanueva tomonga ketadi. Mikel esa xuddi to'pni kutmagandek uni Ronalduga o'tkazib yuboradi.



Krishtianu qulay vaziyatdan unumli foydalana olmaydi.

O'sha vaziyatni video holatida tomosha qiling:

TAS-IX emas


Telegram orqali ko'chirish: VIDEO


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia