Maklaren KPRni boshqaradi

Stiv Maklaren “Kuinz Park Renjers” klubining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

London klubi 57 yoshli mutaxassis bilan ikki yillik kelishuvga erishdi.

KPR joriy mavsumda chempionshipda 16-o'rinni egalladi va ushbu ligada o'z o'rinini saqlab qoldi.

Maklarenning so'nggi ish joyi Isroilning “Makkabi” klubi bo'lgandi. U mazkur jamoada maslahatchi sifatida faoliyat yuritgan.


Manba: "КПР" клуби расмий сайти