Makeda “Manchester Yunayted” safiga qaytdi

Tolibjon Qosimov
9 okt 2013
“Donkaster”da ijara asosida to'p surgan “Manchester Yunayted” klubi a'zosi Federiko Makeda, yana mankunianliklar safiga qaytib jarohatini tuzatishda davom etmoqda.

22 yoshli hujumchi ikki hafta maydonga tusha olmaydi. Xabarlarga ko'ra, futbolchi jarohatidan tiklanganidan so'ng, “Donkaster” Makedani yana ijaraga olish niyatida.

Makeda Chempionshipda 5 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urishga erishgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru